Gruziya NATO a’zosi bo‘lishga to‘liq tayyor ekanini ma’lum qildi
Gruziya Bosh vaziri Georgiy Gaxariya, mamlakat NATO, AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan strategik hamkorlikni mustahkamlashda davom etayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda 8 avgust kuni Interfaks agentligi xabar berdi.
“Bugun Gruziya NATO a’zosi bo‘lishga to‘liq tayyor. Bizning hamkorlarimiz buni ko‘ryapti va qadrlayapti. Bu jarayon va biz uni albatta oxiriga yetkazamiz”, - ta’kidladi Gaxariya.
Gruziya o‘zining hududiy muammolarini hal qilmasdan Shimoliy atlantik alyansning bir qismi bo‘la olmaganligini mamlakat hukumati bir necha bora ta’kidlagan. 2019 yilda NATOning Gruziyadagi Ittifoqlashuv ofisi rahbari Rozariya Puglisi, Gruziya Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlarisiz alyansga a’zo bo‘lishi ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qilgan edi. NATOning rasmiy xulosasiga ko‘ra, mazkur hududlar Gruziyaning bir qismi hisoblanadi.
Gruziya, Yevropa Ittifoqi va Shimoliy atlantik alyansiga 1990 chi yillardan boshlab a’zo bo‘lishga xarakat qilib keladi. 2008 yilda Buxarestda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida, Tbilisi ertami kechmi NATOga a’zo bo‘lishi haqida aytilgan edi.
2008 yilning 8 avgust kuni Janubiy Osetiyada qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. O‘shanda Gruziya armiyasi hududda nazorat o‘rnatishga harakat qilgan edi. Rossiyaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Dmitriy Medvedev hududda harbiy tadbir boshlanganini ma’lum qildi, shundan so‘ng u yerga Rossiya qo‘shini kiritildi.
O‘sha vaqtning o‘zida, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Gruziya va Rossiya yetakchilari vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish to‘g‘risida reja imzoladilar. Birozdan so‘ng Moskva, Abxaziya va Janubiy Osetiyani mustaqil davlatlar sifatida rasman tan oldi. Gruziya Rossiya bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi.