Gruziya va Rossiya: kecha va bugun

Bundan o‘ttiz yilcha avval Gruziya sobiq sovet ittifoqi tarkibidagi boy, gullab-yashnagan, aholisining yashash tarzi yuksak respublikalardan biri edi. Bugun Moldaviya va Qirg‘izistondan ham orqada qolib ketdi. Hatto Tojikiston ham yuksalish borasida Gruziyadan oldinda.

Gruziya hukumati o‘zining 28 yillik yangi tarixida – Gamsaxurdiya, Shevardnadze, Saakashvili kabi prezidentlar rahbarligida Rossiya bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarni keskinlashtirdi. Hozirgi yangi rahbarlari ham yangi Rossiyani tanqid qilish, kamsitish yo‘liga o‘tib olgan. O‘ttiz yildirki, gruzin rahbarlari Farbga, AQShga intiladi, lekin respublika aholisining turmush tarzi og‘irligicha qolmoqda.

Bir necha kundirki, nisbatan o‘ziga to‘q shaharlari – Tbilisi va Batumida Rossiyaga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tmoqda. Gruzin Bosh vaziri M.Baxtadze tartibsizliklarning bosh aybdorlari qattiq jazolanadi, deb ta’kidlasada, ah­vol o‘nglanmayapti.

Shu o‘rinda tarixga bir nazar tashlasak. Rossiyaga qarshi bo‘layotgan norozilik mitinglarining mohiyati nimaga borib taqaladi? 1783 yilning iyulida podsho Irakli II Sharqiy Gruziyaning Kartli, Kaxetiya podsholiklari Rossiya qaramog‘iga o‘tishi haqidagi shartnomaga imzo chekadi. O‘sha yilning noyabrida pushkalar bilan qurollangan Rossiyaning ikkita bataloni, Tiflisga kirib keladi...

Похожее изображение

Yillar davomida Gruziya Rossiya homiyligida rivojlanish pillapoyalarini bosib o‘tdi. Choy va vino brendi bilan dunyoda dong taratdi. Bu haqda Gruziya xalq artisti Sofiko Chiareli "Argumenti i fakti" gazetasi muxbiri Georgiy Zotovga shunday degan edi: "Bizning respublikamiz sobiq ittifoq davrida haqiqatan ham gullab-yashnadi. Mustaqil bo‘lgach yanada rivojlanamiz, deb o‘ylagan edik. Vaholanki, neft va gaz bizga tegishli emas. Buning uchun Rossiyaga dollarda haq berishimiz kerak ekan." ("Argumenti i fakti". 2019 yil, 29-son).

Rossiya va Gruziya munosabatlarining buzilishida birinchi prezident Zviad Gamsaxurdiyaning aybi katta. U qayta-qayta ta’kidladi: "Bizning ahvolimiz yomonlashayotganiga ruslar sababchi. Birinchi navbatda ular bizni gaz ta’minotidan uzib qo‘ydi..."

XAROBALAR IChIDAGI HAYoT

– Men Tbilisining ko‘hna kvartallari bo‘ylab odimlayapman, – deb yozadi jurnalist G.Zotov. – Mamlakat poytaxti Tbilisi o‘zini Yevropa qit’asiga qarashli, deb hisoblab, Yevropa ittifoqiga kirish uchun intilmoqda. Rustaveli maydonidagi mamlakat parlamenti binosiga besh daqiqada yetib borish mumkin. Maydonda Rossiyaga qarshi miting davom etmoqda. Miting qatnashchilarining asosiy qismi "Rossiya – bosqinchi" deb yozilgan oq futbolkalarni kiyib olgan. Qimmatbaho plazmali ekranlar o‘rnatilgan.

"Rossiya – bizning dushman" mavzuidagi kliplar namoyish qilinyapti.

Shu o‘rinda atrofdagi uylarga nazar tashlayman. Bu yerda oddiy insonlar yashaydi. Binolarning ayrim qismlari o‘pirilib ketgan. Hududni yaqinda bombardimon qilishgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Yarim-yalang‘och bolkonlarda kiyimlar, choyshablar quritilmoqda. Yagona hojatxonadan foydalanishadi. Ayrim uylar yoniga qiyshayib yotibdi. Biroq, aholi yashashga majbur – boshqa boradigan joyi yo‘q.

Yangi qurilgan uylar juda ham qimmat. Hammaning ham qurbi yetmaydi. Sobiq prezident Saakashvili hukmronligi davridan buyon yangi qurilgan binolarning lifti pullik. 20 tayri (5 rubl) tangani tashlasangiz, lift sizni faqat yuqoriga chiqaradi. Pastga o‘zingiz tushasiz. Keksa kishilar uylaridan kam chiqishadi, iqtisod qilishadi. O‘rtacha pensiya Gruziyada 6600 rubl. Kommunal xizmatlar Rossiyadagidan ham qimmat.

– Men ikki yildan buyon ishsizman, – deydi sobiq tadbirkor Konstantin Chekvetadze. – 2002-2008 yillar Moskvada bozor boshqaruvchisi edim. Ishim yaxshi edi, ko‘p pul topardim. Gruziyada urush boshlangach, Vatanga qaytdim. Hozir yana Moskvaga bormoqchiman. Lekin, ikki mamlakat o‘rtasidagi 11 yil avval to‘xtagan diplomatik aloqalar Rossiyaga qaytib borishga to‘sqinlik qilmoqda. Qachon qayta viza olaman, noma’lum. O‘rtadagi vositachilar 3000 dollar so‘rashmoqda. Lekin, menda buncha pul yo‘q.

IMPORT BIZNI BUG‘MOQDA

Orqaga qaytishda haydovchi bilan qishloqlarning birida kafega kirdik. Yengil choy ichish maqsadida o‘tirishimiz bilan tamaddixona egasi yaqingacha fermer bo‘lganini ta’kidladi. So‘ng fermerlikni yig‘ishtiribdi.

– Import bizni qiynab qo‘ydi, – deydi u. – Hozir bozorda anjir turklarniki, o‘rik armanlarniki, uzum Ozarbayjondan kelyapti. Hosilni yig‘ishtirib olamiz, arzon narxda sotamiz, foydasi kam. Gruziya o‘zini o‘zi ta’minlay olmayapti. Dehqonlar ishlamay qo‘ydi, Tbilisi, Batumiga ish izlab ketishmoqda. Men Rossiyaga bormoqchiman, lekin viza berilmayapti. Amaldorlar Yevropaga vizasiz borishni tavsiya etishmoqda. Faqat rus tilini bilaman, nemis, fransuz tillarini bilmayman. Yoshim 45 da. Endi til o‘rganishim qiyin. Biz Rossiyaga juda ko‘p meva sotishimiz mumkin. Fermerlarimiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirar edi. Bu haqda kim o‘ylaydi?

Похожее изображение

Gruzin qishloqlarini kezib, shu haqiqatga amin bo‘ldimki, nima uchun ular Rossiyaga qarshi mitinglar o‘tkazishmaydi? Chunki mahalliy aholi kambag‘al yashamoqda, muqim ish yo‘q, imkoniyat bo‘ldi, deguncha chet elga ish izlab ketadi. Ular dollar topish uchun istalgan tomonga talpinmoqda.

Gruzinlarning birdan-bir orzusi Rossiya bilan aloqalarni tiklash. Viza olib, topilgan ishga – qurilishga, bozorga, taksiga, res­toranga ishga joylashsa bo‘lgani.

Rustaveli maydonida to‘planayotgan "namoyishchilar" ishsizlikdan aziyat chekmayapti. Ularning qorni to‘q. Farb g‘oyasiga sig‘inib, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni, savdo, madaniy aloqalarni buzmoqda.

...Bugungi Tbilisini ko‘rgan odam juda achinadi. Vayrona ko‘chalar, buzilib yotgan uylar, ishsiz odamlar, poymol bo‘lgan choy plantatsiyalari, to‘xtab qolgan korxonalar, bog‘-rog‘lar...

Shokirjon ShERALIYeV tayyorladi.