Gulnora Karimovaga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Gulnora Karimova va boshqalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi boshlandi. Bu haqda Oliy sud xabar qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura tomonidan jinoiy uyushma tarkibida tovlamachilik, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish va chet el davlatlarida jinoiy daromadlarini legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etgan G.Karimova va boshqalarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlangani, jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun ayblov xulosa bilan sudga yuborilgani haqida xabar bergan edik.