Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi. Keyingi manzil Samarqand!
UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov instagramdagi sahifasida Toshkentga kelgani haqida post joyladi, deb xabar bermoqda kun.uz nashri.
“Mehmondo‘stlik uchun rahmat, birodarlar. Toshkent salqin ekan, hechqisi yo‘q, iftorda Samarqandcha osh yeb, isinib olamiz”, - deb yozdi Nurmagomedov tvitterdagi sahifasida instagramdagi postiga havola berib. Bu gapidan sportchining Samarqandga ham borishini tushunish mumkin. Suratda Nurmagomedov o‘zbekistonlik Otabek Umarov hamda Oybek Tursunov bilan tushgan.