“Haddan oshib ketishdan saqlaning”: Benjamin Franklindan shaxsiy rivojlanish uchun asosiy fazilatlar haqida
XVIII asrning nufuzli olimi, siyosatchi, ixtirochi va faylasuf Benjamin Franklin (1706–1790) nafaqat ilmiy asarlar va falsafiy risolalar, balki 1771-1790 yillar davomida o‘z hayoti haqida yaratgan yorqin qaydlarni ham qoldirgan. Bu yozuvlar (tugallanmagan hikoya) uning o‘limidan keyin nashr etilgan mashhur “Tarjimai hol”da to‘plangan. Ushbu asarda Franklin istehzo va hazil bilan o‘zining hayotiy tajribasi va mavqega erishishiga nima yordam bergani haqida gapiradi.
Quyida Franklinning fikriga ko‘ra, inson shaxsiy rivojlanishi uchun, avvalo, o‘zida tarbiyalashi kerak bo‘lgan bir necha fazilatlar keltirilgan:
Nafsni tiyish
Miya xiralashmagunicha ovqat yemang.
Kamgaplik
Faqat boshqalarga yoki o‘zingizga foyda keltiradigan narsalar haqida gapiring.
Tartib-intizomga moyillik
Har bir narsangizning o‘z joyi, har bir qilayotgan ishingizning o‘z vaqti bo‘lsin.
Qat’iylik
Sizdan talab qilinadigan vazifalarni astoydil bajarishga qaror qiling, qaror qilgan narsangizni qat’iy bajaring.
Tejamkorlik
O‘zingizga faqat birovga yoki o‘zingizga foyda keltiradigan xarajatlar qilishga ruxsat bering; hech narsaning bekor isrof qilinishiga yo‘l qo‘ymang.
Mehnatsevarlik
Vaqtingizni behuda sarflamang; har doim foydali ish bilan band bo‘ling; barcha zaruriy bo‘lmagan narsalarni bekor qiling.
Samimiylik
Hech qachon zararli yolg‘onni ishga solmang: fikrlaringiz sof va adolatli bo‘lsin. Gapira boshladingizmi, so‘zlaringiz bilan ishlaringiz bir-biriga to‘g‘ri kelsin.
Adolatlilik
Hech qachon odamlarga zarar yetkazish yoki yaxshilik qilmaslik orqali ularni xafa qilmang – bu har bir insonning burchidir.
Mo‘’tadillik
Haddan oshib ketishdan saqlaning, hatto uni bunga loyiq deb hisoblasangiz ham, sizga zarar yetkazgan insondan xafa bo‘lmang.
Benuqsonlik
Na o‘zingizda, na kiyimingizda yoki uyingizda zarracha nopoklik bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.
Osoyishtalik
Arzimagan gap yoki muomalaga xafa bo‘lmang, mayda yoki muqarrar voqealar haqida qayg‘urmang.
Axloqiy soflik
Nafsingiz xiralik yoki zaiflikka olib kelishiga yoki sizni besaranjom qilib qo‘yishiga yo‘l qo‘ymang.