Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
- 12.07.2021 13:10
- 71
- O‘zbekiston
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yoz oylarining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan past bosimli maydon aniqlaydi.
Havo harorati kechalari +18…+23 daraja, kunduz kunlari +32…+37 daraja, janubda +40…+42 darajagachani tashkil etadi.
Respublika hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat ayrim kunlarda O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek, 13 iyulda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
13−15 iyulda respublikaning ayrim hududlarida shamolning tezligi 15−20 m/s gacha mahalliy kuchayishi mumkin.
Teglar:
ob-havo
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Jurnalistlar faoliyati sarhisob qilindi
- Bugun, 12:19
- Samarqand
Cho‘g‘ ustida raqs...
- Bugun, 10:05
- Madaniyat
Tabiatga qarshi urush: portlashlar va yong‘inlar
- Kecha, 20:44
- Hodisa