Haj safariga otlangan kishilar koronavirusga qarshi emlangach, ziyoratga kiritiladi

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusga qarshi emlangan insonlarga kichik va katta haj ziyoratlari uchun ruxsat berishga qaror qildi, deya xabar berdi TASS.

Bu yil muqaddas ziyoratgohlarga uyushtiriladigan katta haj iyul oyining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan yili pandemiya sababli haj ziyoratlarida 10 ming kishi ishtirok etgan bo‘lib, shulardan 30 foizi saudiyaliklar, 70 foizi Saudiya Arabistonida istiqomat qiluvchi chet elliklar bo‘lgan. 2020 yilda xorijdan kelgan ziyoratchilarga ruxsat berilmadi.

O‘tgan yilning noyabridan boshlab Saudiya Arabistoni 50 yoshdan katta bo‘lmagan ziyoratchilarni manfiy natijali PZR-test bilan Umra ziyorati uchun kiritishni boshlagan edi.