Halvoyidagi jadid maktabi muzey bo‘ldi
Mazkur inshoot tumandagi 19-umumta’lim maktabi hududida. Shu sababli ikki xonasi Ajziyning ilmiy-ijodiy merosi va kitoblarini jamlagan muzey-kutubxonaga aylantirilmoqda. Qolgan ikki xonasida ta’lim-tarbiya ishlari olib boriladi.
1903 yilda Siddiqiy Ajziy tomonidan bunyod etilib, o‘z davrining yetakchi ta’lim dargohi hisoblangan maktabda dastlab geografiya, matematika, tabiatshunoslik, rus, o‘zbek, tojik tillarida ta’lim berilgan. Markazdan ancha olisda, dunyoviy bilimlar beruvchi shunday dargohning ochilishi, ma’rifatparvar ziyolilar e’tiboriga ham tushdi. Hamza Hakimzoda Niyoziy Qo‘qondan kelib, o‘quvchilarga dars bergan. O‘sha yillari bu yerdan yetuk fan arbobi, zamonaviy tibbiyot sohasi vakillari yetishib chiqqan.
Sherzod ISOQULOV.