HAMASga yangi yetakchi tayinlandi. Tramp Grenlandiyani har qanday yo‘l bilan egallaydimi? Quyoshda ulkan teshik aniqlandi

🔹 Muhammad Sinvar HAMASning yangi yetakchisiga aylandi. O‘tgan yil oktyabrida oyida vafot etgan guruh yetakchisi Yahyo Sinvarning kenja ukasi avvalroq tashkilotning asosiy qanoti – Izziddin al-Qassam brigadasini boshqargan. U harbiy operatsiyalarni davom ettirmoqda.

🔹 20 yanvar kuni Donald Tramp o‘z lavozimini egallaydi. Qo‘shma Shtatlardagi saylovlar nafaqat eng qudratli va boy mamlakatni, balki boshqalarni ham tashvishga solmoqda. Amerikaliklar o‘z sobiq rahbariga ishonishdi va unga yana ovoz berishdi. Bo‘lajak prezident Grenlandiyani egallab olish uchun kuch ishlatish ehtimolini istisno qilmadi va o‘z niyati jiddiyligini u yerga o‘g‘li kichik Donaldni jo‘natish bilan tasdiqladi. Dunyoning eng boy odami Ilon Mask bilan ittifoqi unga bunday qadamlarida asqatadi, deyishmoqda siyosatchilar.

🔹 Kaliforniyadagi yong‘inlarga Yangi yil arafasidagi feyerverklar sababli bo‘lishi mumkin. Foto, video, radiomateriallar va sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar tahlil qilingach shu taxmin ham ilgarni surilmoqda.

🔹 JSST ishontirmoqda: metapnevmovirus infeksiyasini pandemiya tahdidi deb hisoblamaydi va sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda choralarni joriy etish uchun asos yo‘q.

🔹 Rossiya hukumati fuqarolik aeroportlarini uchuvchisiz uchoqlarga qarshi mudofaa tizimlari bilan jihozlash uchun federal byudjetdan mablag‘ ajratmaslikka qaror qildi.

🔹 Ilon Mask "irqchi" va "asli yomon odam". Bunday fikrni Donald Trampning sobiq maslahatchisi Stiv Bannon birdirgan. U, shuningdek, Maskni Tramp inauguratsiyasiga qadar “quvib yuborilishini” ta’minlashga va’da berdi.

🔹 Zelenskiy ukrainalik askarlarni qaytarish evaziga asirdagi Shimoliy Koreya askarlarini qaytarish mumkinligini aytmoqda.

🔹 Hindiston bosh vaziri Modi bahsli Kashmirdagi strategik tunnelni ochdi. 932 million dollarlik loyiha Kashmirni Ladak - Hindiston, Pokiston va Xitoy o‘rtasida joylashgan va o‘nlab yillar davomida hududiy tortishuvlardan aziyat chekayotgan sovuq cho‘l mintaqasi bilan bog‘laydi.

🔹 NASA: so‘nggi yillarda eng yirik tabiiy hodisa - Quyoshda ulkan tojli teshik topildi. U Quyosh atrofining chorak qismini egallagan. Bu hodisa shiddatli quyosh shamollarini qo‘zg‘atadi, ular allaqachon Yer tomon yo‘nalgan. Yerni kuchli magnit bo‘ronlari, sun’iy yo‘ldosh televideniyesi va radio aloqalaridagi nosozliklar kutmoqda.