Hamdo‘stlik davlatlaridagi eng baland Yangi yil archasi qayerda o‘rnatildi?
Yangi yil bayrami arafasida MDH davlatlarining poytaxtlari, markaziy maydonlar mahobatli archalar va minglab chiroqlar bilan bezatildi. Qishki bayramlarning yuragiga aylangan ushbu go‘zal bayram ramzlarining har biri o‘ziga xos tarzda bezalgan.
«Aziya-Plyus» hamdo‘stlik davlatlaridagi zo‘r taassurot qoldiradigan archalari haqida so‘zlab beradi.
Turkmaniston - 44 metr
Ashxobodning bosh maydonida 4 mingdan ortiq o‘yinchoq va 55 ming nur sochar chiroqlar bilan pardozlangan, balandligi 44 metr bo‘lgan archa o‘rnatildi. Archa atrofida yorug‘lik inshootlari, tematik haykallar, konsyertlar va shoular o‘tkaziladigan sahna bor. Chiroqlar yoqish marosimi shahar aholisi uchun haqiqiy bayramga aylandi. Aytish kerakki, Turkmaniston poytaxtida o‘rnatilgan archa ketma-ket ikkinchi yil MDHdagi eng baland archa nomini oldi.
Armaniston - 37 metr
Yerevandagi Respublika maydonida 37 metr balandlikdagi archa porlaydi. Unga an’anaviy arman uslubida oltin va kumush elementlari bilan to‘ldirilgan milliy bezaklardan foydalangan holda zeb-ziynat berildi. Chiroqlar ijodiy jamoalar chiqishlari va Rojdestvo bozori ochilishi bilan hamohang tarzda yoritildi.
O‘zbekiston - 35 metr
Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida o‘zbek milliy naqshlarida minglab chiroqlar va gulchambarlar mujassamlashgan o‘ziga xos dizaynda bezatilgan balandligi 35 metr bo‘lgan archa bo‘y ko‘tardi. Archa atrofida bayram yarmarkalari, attraksionlar va dam olish maskanlari tashkil etilgan.
Ozarbayjon - 34 metr
Ozarbayjon poytaxti Boku markazida kilometrlab zar iplar va o‘n minglab o‘yinchoqlar bilan bezatilgan, balandligi 34 metr bo‘lgan bosh archa paydo bo‘ldi.
Qirg‘iziston - 32 metr
Bishkekdagi Ala-Too maydonida 4 ming o‘yinchoq va yorqin marjon chiroqlar bilan bezatilgan archaning bo‘yi 32 metrga yetdi. Chiroqlarning tantanali yoqilishi qirg‘iz san’at ustalari va bolalar jamoalarining chiqishlari bilan birga bo‘ldi.
Belarus - 30 metr
Minsk shahri Oktyabr maydonidagi 30 metr balandlikdagi archa dyekoratsiyasidagi 3,2 kilometr yaltiroq iplar, shuningdek, 20 ming pikselli yorug‘lik shousi nur taratib, ushbu maydonni shaharning qishki diqqatga sazovor joyga aylantirdi.
Tojikiston - 30 metr
Dushanbe shahridagi “Istiqlol” markaziy maydonida balandligi 30 metr, eni 16 metr bo‘lgan archa daraxti ustida chiroqlar yoqildi. Rangli illyuminatsion, yorqin yangi yil o‘yinchoqlari bilan bezalgan archa atrofida ajoyib yangi yil shaharchasi barpo etilib, sehrli muhit yaratildi.
Rossiya - 25 metr
Kreml maydonidagi balandligi 25 metr bo‘lgan Yangi yil archasi 1,2 kilometr uzunlikdagi musiqa asboblari ko‘rinishidagi o‘yinchoqlar va gulchambarlar bilan ziynatlangan. Har kuni kechqurun chiroqlarning yoqilishi bayram konsyertiga ulanib ketadi.
Qozog‘iston - 25 metr
Ostona shahridagi markaziy maydonda milliy naqshlar va zamonaviy yoritish effektlari bilan bezalgan 25 metr balandlikdagi archa o‘zining nafis dizayni bilan ajralib turadi.
Uni bezash uchun yorqin dekorativ elementlar, sharlar, va 6 kilometr gulchambarlar, shuningdek, qayta ishlangan ekologik toza materiallardan tayyorlangan yangi yil o‘yinchoqlardan foydalanildi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.