Hanuzgacha aniqlanmagan sirlar

Odamlarga dunyo qanday tuzilganligini tushunib olishga ilm-fan yordam bergan. Lekin dunyoda hali ochilmagan va to‘liq tushunilmagan sirlar ham kam emas. Ular bizlarni o‘ziga jalb qiladi va ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Bugun hanuzgacha ilmiy izohga berilmagan va oshkor qilinmagan sirlar bilan tanishamiz.

Uffingtondagi oq ot

Angliyaning betakror Oksford okrugi tik tog‘ yonbag‘irlarida tushunib bo‘lmaydigan odamlar va otlarning ulkan tasvirlari o‘yilgan. Uzoqdan ko‘rinadigan ushbu noyob va hayratlanarli suratlar orasida Oq ot tasviri ajralib turadi. Bu buyuk asarning uzunligi taxminan 110 metrni, kengligi esa 30 metrni tashkil etadi.
Ehtimol Uffington oq oti V asrning oxirida o‘yilgan, chunki o‘sha paytda oq ot saksoniyaliklarning ramzi hisoblangan. Boshqa olimlarning ta’kidlashicha, ushbu tasvir 871 yilda daniyaliklar ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin paydo bo‘lgan.

Seysmik chaqnashlar

Olimlar ko‘p yillar davomida vulqon otilishi va zilzilalardan oldin osmonda sirli alangalar kuzatilishini ta’kidlashadi. Ushbu chaqnash hodisalari bir biriga daxlsiz bu tabiiy ofatlar bilan qanday bog‘liqligi hali ham noaniq.
1960 yilda ushbu hodisa videoga olingan va olimlar jarayonni tahlil qilishgan. Bir nazariyaga ko‘ra, vulqon otilishining geologik tuzilmalardagi elektr zaryadlariga ta’sir qilishi natijasida ko‘zga ko‘rinadigan alangalar paydo bo‘ladi. Biroq, bu faqat taxmin.

Stounxendj

Bu dunyodagi eng mashhur arxeologik va eng sirli joylardan biri. Qadimiy ingliz tilidan «Stounxendj» taxminan “osma toshlar” deb tarjima qilingan, lekin ularni kim va nima uchun bu yerga osib qo‘ygan?

O‘rta asrlarda ba’zi olimlar uni nemislar yoki shveysariyaliklar qurgan deb hisoblashgan. XVII asrda Stounxendj qadimgi rimliklarning ishi bo‘lganligi haqidagi gipoteza ommabop bo‘lgan. XIX asrning boshlariga kelib bu Druidlarning muqaddas joyi bo‘lgan, degan xulosaga kelindi. Keyinchalik qazish ishlari va radiouglerod usulidan foydalangan zamonaviy tadqiqotlar uning yaratilish davri Yangi tosh va bronza asrlariga taalluqliligini bildirdi.

Bo‘ron butun bir plyajni yo‘q qildi, keyin yana joyiga qaytardi

Ushbu g‘alati voqea yaqinda Portlevenda (Buyuk Britaniya) sodir bo‘ldi. To‘satdan suv ko‘tarilib, plyajdagi barcha qumlarni yuvib yubordi. Bir necha soatdan so‘ng yana bir to‘lqin ko‘tarildi va qumni butunlay joyiga qaytarib, plyajni tiklab qo‘ydi.

Birinchi suv toshqini qum va tosh konlarini yuvib ketganida olimlar bir necha tonna qumni qaytarib olish uchun ko‘p yillar kerak bo‘lishini aytdi. Aslida esa bu atigi bir necha soat davomida sodir bo‘ldi. Ushbu g‘alati voqea mahalliy aholi va olimlarning bosh qashishlariga sabab bo‘ldi.

Buyuk sfinks

Albatta, har birimiz Sfins haqida eshitganmiz. Ko‘kragidan yuqori qismi xotinlarga, tanasi sherga o‘xshash qanotli maxluq - bu afsonaviy mavjudot ko‘plab mamlakatlar mifologiyasida mavjud. Misrdagi buyuk sfinksni kim, qachon va nima uchun qurgani hali ham sirligicha qolmoqda. Ehtimol, shuning uchun u nafaqat olimlar, tarixchilar, balki oddiy sayyohlarning ham e’tiborini tortadi.

Kosta-Rikadagi dumaloq toshlar

Butun Kosta-Rika bo‘ylab o‘lchamlari kichik bouling to‘pidan diametri 2,5 metrgacha bo‘lgan ko‘plab tosh to‘plarni topishingiz mumkin.

Ushbu to‘plar butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan va ularning ideal shakllari mahalliy xalqlar o‘zining qo‘pol asboblari bilan yasay olgan bo‘lishi dargumonligi aniq. Ularning qanday qilingani va bu yerga qanday kelib qolganligini hech kim bilmaydi.

Hayvonlarning yillik migratsiyasi

Hayvonlar migratsiyasi – bu ular bir joydan ikkinchisiga, odatda yilning ma’lum vaqtlarida sayohat qiladigan tabiiy hodisa.
Ammo olimlar bunday murakkab harakatlarni turli xil qushlar, baliqlar, hasharotlar va sut emizuvchilarning miyasiga qanday singdirish mumkinligini hali ham anglab yetmadilar.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.