Har bir inson iste’mol qilib turishi shart bo‘lgan 5 ta eng foydali mahsulot
Uzoq vaqtdan beri butun dunyo diyetologlari qaysi oziq-ovqat mahsulotlari inson tanasiga eng ko‘p foyda keltirishi haqida bahslashib keladi. Ba’zilar mevalar o‘rnini boshqa hech bir mahsulot bosa olmaydi, deb ta’kidlasa, boshqalari bemorlarga sabzavot iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Yana boshqalari esa yog‘li baliq foydali deb aytadi. Xalqaro olimlar guruhi ana shunday kelishmovchiliklarni hal qilishga yana urinib ko‘rdi. Ilm-fan odamlari meva, sabzavot va baliqni o‘z ichiga olgan yer yuzidagi eng foydali 5 ta mahsulotlar ro‘yxatini tuzdi.
Limon
Limon eng foydali mahsulotlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Birinchidan, bu eng kuchli antioksidantlardan biri bo‘lib, u tana hujayralarini erkin radikallardan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. Ikkinchidan, limon tanadagi xolesterin kamayishiga yordam beradi hamda ayrim yurak va qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini oladi. Uchinchidan, u yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida ishlaydi. Va nihoyat, to‘rtinchidan, limon mushak paylarining elastikligini saqlashga yordam beradi va shu sababli jarohatlar va shikastlanishlar xavfini kamaytiradi.
Brokkoli
Ikkinchi o‘rinni oqsil va A, C va K vitaminlariga boy brokkoli egalladi. Shu bilan birga, A darmondorisi ko‘rish organlarining normal ishlashi, teri, soch va tirnoqlarning ko‘rkamligini qo‘llab-quvvatlaydi, S immunitetni mustahkamlab, tananing kasalliklarga dosh berishini qo‘llab quvvatlaydi, K vitamini esa qon aylanish tizimi sog‘lomligini ta’minlaydi.
Achchiq shokolad
Tabiiy kakaodan tayyorlangan achchiq yoki qora shokolad bo‘lagi bir zumda odam kayfiyatini ko‘tarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Biroq, bu hammasi emas: olimlarning fikricha, haqiqiy shokolad tez-tez o‘zgarib turadigan qon bosimini normallashtirishga yordam beradi.
Kartoshka
Agar biron kishi sizdan o‘zingiz biladigan barcha foydali ovqatlarni sanab o‘tishni so‘rashsa, siz kartoshkani eslamasligingiz aniq. Bu behuda, chunki bu ildiz sabzavot tarkibida ko‘p miqdorda tolalar, kaliy, magniy va C, V va RR vitaminlari mavjud. Asosiysi, uni to‘g‘ri pishira bilishdadir. Shifokorlar kartoshkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri po‘sti artilmay yoki tozalangan holda qaynatib pishirishni maslahat berishadi, lekin qovurilgan kartoshka va ayniqsa “fri”dan voz kechish ma’qulroq.
Losos (qizil go‘shtli baliq)
Qizil baliq sayyoradagi eng foydali beshta mahsulotlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu baliqning go‘shti oqsil, omega-3 va birinchi navbatda A, D, RR va V12 vitaminlarga boy. Ushbu kompozitsiya tufayli bunday baliqni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari va asab tizimi buzilishining oldini olish uchun samarali chora bo‘lib xizmat qiladi va tanadagi ortiqcha xolesterindan xalos bo‘lishga ko‘makdosh bo‘ladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.