Har ishda bir hikmat bor
Kema halokatga uchragandan keyin, yagona qutilib qolgan kishini to‘lqin kimsasiz, kichik orolga chiqarib tashladi. U iztirobga tushib Xudoga meni qutqargin deb sig‘indi. Har kuni ufqqa mo‘ralab yordam bormikin, deb qarardi. Oxiri, holdan toyib, qirg‘oqda suzib yurgan bolorlardan narsalarini saqlash uchun kichkina chayla qurdi. Lekin bir kuni yemish qidirib safardan qaytsa, chaylasi gurillab yonayotgan ekan, tutuni baland, osmonga o‘rlayapti. Eng dahshatlisi – hamma narsasi kuyib ketibdi. U:
- Xudo, sen nega meni yana jazolading? – deya ho‘ngrab yig‘ladi.
Ertasi kuni tongda uni qirg‘oqqa yaqinlashayotgan kema ovozi uyg‘otdi. Kema uni qutqarish uchun suzib kelgan ekan.
- Men bu yerdaligimni qanday bildinglar? – deb so‘radi u qutqaruvchilardan.
- Biz yiroqdan sen yoqqan olov tutunini ko‘rdik, - deb javob berishdi ular.