Harbiy prokuratura sayyor qabul o‘tkazdi
Samarqand harbiy prokuraturasi tomonidan viloyatning olis hududida joylashgan harbiy qismlarning birida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulga Markaziy harbiy okrug, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda boshqa tashkilot va idoralardan tegishli soha mutaxassislari jalb qilinib, sayyor qabulda harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Tadbirda Samarqand harbiy prokurori so‘zga chiqib, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga yaratilgan sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar hamda sayyor qabulni o‘tkazishning maqsadi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Qabulda ishga joylashish, imtiyozli kredit asosida uy-joyga ega bo‘lish, xizmat joyini ko‘chirish, kredit olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqa masalalarda 48 ta murojaat tinglanib, shundan 9 ta murojaat joyida qanoatlantirildi, 16 ta murojaat nazoratga olingan holda vakolatli tashkilotlarga yuborildi, 23 ta murojaatlarga esa atroflicha tushuntirishlar berildi.