Havodagi koronavirusni aniqlaydigan sensor ishlab chiqildi

Italiyada havodagi SARS-CoV-2 virusi miqdorini aniqlaydigan va xabar beradigan biosensor ishlab chiqildi. Bu haqda Valensiya universitetlari assotsiatsiyasi saytida xabar qilindi.

"Sensor havodagi SARS-CoV-2 zarralarini aniqlaydigan  maxsus  antitanalardan foydalanadi", - dedi molekulyar aniqlash va texnologik rivojlanish institutining kimyo kafedrasi professori Anxel Makeyra.

Tizim havodagi virus miqdori xavfli darajada bo‘lganida signal beradi. Dastlabki sinovlar Valensiya universitetining biokimyo va molekulyar biologiya bo‘limida ishlab chiqilgan virussimon zarralardan foydalangan holda sinab ko‘rildi. 

Hozirda biosensor klinikada sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov natijalariga ko‘ra uning samaradorligi aniqlanadi va biosensor yordamida shifoxonalardagi bemor hamda shifokorlarning kasallikka chalinish ehtimolini kamaytirishga yordam beradigan choralar tizimi ishlab chiqiladi.