Haydovchilik guvohnomasidan mahrum 154 nafar fuqaro avtomashina boshqargan

Joriy yilning 25 mart - 1 aprel holatida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan viloyat bo‘yicha jami 12082 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Ulardan 152 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan bo‘lsa, 165 nafari svetoforning qizil chirog‘idan o‘tgan. Buni qarangki, qoidabuzar haydovchilarning 1232 nafari odam tashish, 27 nafari esa boshqaruv huquqisiz avtotransport vositasini boshqargani aniqlandi.

6381 nafar haydovchi transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirib, harakat vaqtida telefondan foydalanib, xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan. 2281 haydovchi esa yo‘l belgilari, chiziqlariga amal qilmagan, majburiy sug‘urtasiz, piyodalar yo‘lidan kesib o‘tish singari holatlari qoidabuzarlikka sabab bo‘lgan.

Xurshed SAFAROV,

viloyat IIB YHX boshqarmasi matbuot guruhi inspektori.