Hayot uchun xavfli bo‘lgan kasblar haqida bilasizmi?

Dunyoda turli xil kasblar mavjud bo‘lsa-da, ularning aksariyati hayot uchun xavf tug‘dirmaydi. Biroq shunday sohalar borki, ular inson hayoti uchun xavf tug‘diradi.

Quyida e’tiboringizga mutaxassislar tomonidan eng xavfli, deb topilgan kasblarni taqdim etamiz.

O‘rmon (daraxt) kesuvchilar

Haqli ravishda eng xavfli kasblar ro‘yxatining yuqori o‘rinini egalllagan mazkur kasb vakillarini turli nomlar bilan atashadi. Ya’ni, o‘rmon mahsulotlari tayyorlovchilar, o‘tinchilar, o‘rmonchilar, daraxt kesuvchilar va hokazo. Ularni qanday atashlaridan qat’i nazar haqiqat o‘zgarmaydi - ish vaqtida o‘limga olib keladigan darajada jarohatlanish xavfi juda yuqori.

Лесорубы

O‘rmonchilarning ustiga bir necha tonnalik daraxtlarning qulab tushishi, yog‘och mahsulotlarini tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan uskunalardan olgan jarohatlari oqibatida halok bo‘lish ehtimoli bor. Ular mehnat sharoiti shinamlikdan yiroq – to‘qayzor, yovvoyi va yirtqich hayvonlar, ba’zida uxlash sharoitining yo‘qligi va boshqa omillar. Ko‘p soatlik og‘ir jismoniy mehnat holdan toydiradi va jiddiy xastaliklarga sababchi bo‘lishi, nogironlikka olib kelishi mumkin.

Baliqchilar

Bugun dengizchilik kasbi XIX asrga qaraganda ming marotaba xavfsiz hisoblanadi. Ammo fuqarolik floti xodimlari kuchli xavf xatarga duch kelishmasa-da, baliqchilarning faoliyati u qadar xavfsiz emas. Ularning ko‘pchiligi kichik va to‘lqinlarga bardosh bera olmaydigan kemalarda ochiq dengizga chiqishadi.

Arzimagan to‘lqin oqibatida kema ag‘darilib ketishi yoki biron ehtiyot qismning ishdan chiqishi halokatga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bunday holat uzoq ochiq dengizda yuz bersa, ichimlik suvi zaxirasi kam bo‘lsa bormi? Baliqchilikning eng xavfli kasblardan biri ekanligini his etasiz.

Chiqindi tozalovchilar

AQSh mehnat statistikasi qo‘mitasi ro‘yxatida mazkur kasb eng xavfli kasblar ichida beshinchi o‘rinni egallaydi. Bu holat faqat Amerikada deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo Rossiyaning xavfli kasblar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinda. Agar chiqindi tozalagichlar qanday sharoitlar - turli qo‘lansa hidlar, zararli moddalar va infeksiyalar iskanjasida ishlashini hisobga oladigan bo‘lsak, bunga har birimiz amin bo‘lamiz.

Chilangarlar va elektr payvandlovchilar

Электрики и элекромонтажники

Doimiy ravishda tokdan ajal zarbasini qabul qilib mehnat qilish – bu mazkur kasb egalarining qismati. Jahon statistikasi ma’lumotiga ko‘ra, 100 ming mazkur kasb egalarining 33 tasi o‘lim bilan bog‘liq baxtsiz hodisaga uchraydi. Yuqori voltli elektr simlari bilan “munosabat” o‘rnatadigan ushbu soha vakillari ham og‘ir sharoitlarda ishlaydi, xavf-xatarga to‘la ustunlarda, og‘ir ob-havo - yozning jaziramasi, ko‘z yomg‘iri, bahor chaqmog‘i va qishning izg‘irin sharoitlarida mehnat qiladi.

O‘t o‘chiruvchilar

Пожарные

Bu kasbda yonib ketish yoki o‘z xizmat vazifasini ado etayotganda zararli gazlardan zaharlanish xavfi yuqori. Mazkur kasb egalari qattiq jismoniy va ruhiy zo‘riqish sharoitida mehnat qiladi. Chunki o‘zgalarning hayoti ularga bog‘liq. O‘t o‘chiruvchilarning ko‘pchiligi ushbu xavfli va sharafli kasbidan noto‘g‘ri xatti-harakati tufayli nafas olish yo‘llari xastaligini orttirib olishadi.

Yuk avtomobili haydovchilari

Bunday haydovchilar faoliyati davomida ko‘plab ko‘ngilsizliklarga duch keladi. Ular har qanday sharoitda, soatlab, kechasi va kunduzi, har qanday ob-havo sharoitida ko‘plab kilometr masofani bosib o‘tadi. Shu bilan birga, olib ketayotgan yuklari uchun ham javobgar. Ba’zida bu yuklar juda xavfli kimyoviy moddalar, gaz yoqilg‘isi yoki qimmatbaho mahsulot bo‘lishi mumkin. Kuchli charchoq, yo‘lning talabga javob bermasligi, ko‘plab mamlakatlardagi jinoyatchilikning yuqori ko‘rsatkichlari – bularning barchasi ushbu kasb egalarining hayotiga xavf solishi mumkin.

Burg‘ulovchilar

Бурильщики

Neft va gaz qazib olish jiddiy, mashaqqatli ish. Mazkur kasb vakillari tez alanga oladigan moddalar bilan ishlaydi va ular yonganda insonning omon qolish imkoniyati deyarli qolmaydi. Shu sababli burg‘ulovchi kasbi dunyoning eng xavfli kasblari o‘ntaligidan o‘rin egallagan. Ushbu soha mehnati sivilizatsiyadan uzoqdagi hududlarda, jiddiy jarohat yetkazishi mumkin bo‘lgan yirik uskunalar bilan ishlashni talab etadi. Dunyodagi ko‘plab burg‘ulash maskanlari ochiq okeanda joylashgan. Jarohat olinganda kasalxonaga yetib borish, zarur tibbiy yordam olish ham ko‘p hollarda mushkul.

Uchuvchilar

Пилоты самолетов

Havo kemasi uchuvchisi bo‘lish ham mashaqqat talab etadi. Aviaparvozlar eng xavfsiz transport turi bo‘lishiga qaramasdan, mazkur kasb uchuvchilariga oson emas. Ular har kuni yuzlab yo‘lovchilarning hayoti uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birga ular o‘z hayoti va sog‘ligini xavf ostiga qo‘yishadi. Uchuvchilik – halokat vaqtida omon qolish imkoniyati past bo‘lgani uchun ham xavfli kasblardan biri sanaladi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari va harbiylar

Сапер

Yurt tinchligini asrash, o‘zgalar hayotini qutqarish uchun ichki ishlar idoralari xodimlari xodimlari va harbiylar ko‘p hollarda o‘zlarini qurbon qilishadi. Otishma va jinoyatchi ortidan ta’qiblar, ziddiyatli holatlar oqibatida yuzaga keladigan stresslar, otishmalar – bularning barchasi ularning hayotiga tahdid soladi. Bu voqealar filmlarda ko‘rsatilgani kabi ko‘rinishga ega emas, albatta.

Shaxtyorlar

Ko‘p mutaxassislar aynan shaxtyorlik kasbini dunyodagi eng xavfli kasb deb hisoblashadi. OAV xabarlarida shaxtalarning qulab tushishi, metan gazining portlagani va bu hodisalar minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgani haqida ko‘plab ma’lumotlar tarqaladi. Yer ostida bolg‘a bilan ishlash, tor yo‘lakchalarda va havo tanqisligi sharoitida mineral toshlarni maydalash - bu har kim ham uddalay oladigan mashg‘ulot emas. Ustingizda millionlab tonna toshlar borligini va har bir soniya hayotingizga nuqta qo‘yishi mumkinligini anglash ularga yaxshi kayfiyat hadya etmaydi.

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.