Hayvonlar borliqni qanday ko‘radi?

Siz biror bir hayvon ko‘z o‘ngida qanday ko‘rinishingiz haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ushbu maqolada ba’zi bir hayvonlar dunyoni qay ko‘z bilan ko‘rishi haqida gaplashamiz.

Ko‘rshapalaklar

Bu hayvonlar asosan tungi hayotni afzal ko‘rishi va ularning ko‘rish qobiliyati zaifligi to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Aslida esa hammasi butunlay boshqacha.

Ko‘rshapalaklarning ko‘rish qobiliyati odamlarnikiga qaraganda 110 marta o‘tkirroq, ular ham yorug‘ kunda, ham to‘liq zulmatda hamma narsani mukammal ko‘ra oladi. Ko‘rshapalaklarning ko‘rish qobiliyatini tungi ko‘rish kameralariga olinadigan tasvir bilan solishtirish mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ko‘rshapalaklar exolokatsiyausuli, aniqrog‘i, o‘zlarining eshitish qobiliyatidan foydalanishni afzal ko‘radi.

Asalarilar

Itlar singari asalarilar ranglarni idrok eta olmaydi. Ular dunyoni faqat ko‘k va yashil ranglardako‘radi. Bundan tashqari, asalari ultrabinafsha spektrdagi ranglarni ajrata oladi. Boshqacha qilib aytganda, asalarilar biz ko‘ra olmaydigan nurlarni ko‘rishga qodir.

Asalarilar gullarni odamlardan ko‘ra boshqacha ko‘rishi ajablanarli emas. Masalan, ular gullarning markazida joylashgan rangli dog‘larga qarab, bu o‘simliklarda qancha nektar va gulchang borligini aniqlay oladi. Tegishincha, ular eng ko‘p nektar va gulchanglarni o‘z ichiga olgan gullarga qo‘nadi.

Qushlar

Qushlar dunyoni odamlardan ko‘ra yaxshiroq ko‘radi, chunki ularning ko‘zi biznikidan bir necha baravar keskinroq. Bundan tashqari, ularning ko‘zlari 4 ta fotoreseptorga ega, odamlarda ularning faqatikkitasi bor. Agar biz bu fotoresyeptorlar tufayli 4 ta asosiy ranglarni ko‘ra oladigan bo‘lsak, qushlarning barchasi ultrabinafsha diapazonidagi ko‘k, sariq, yashil, qizil va beshinchi shunchaki nomi yo‘q "binafshaning soyasi"ranglarini idrok etadi.

Qushlar magnit maydonlarini ham ko‘ra olishqobiliyati tufayli qishda yo‘nalishida adashmasdan issiq mamlakatlarga ko‘chib o‘tishi oson kechadi.

Kalamushlar

Ro‘yxatimizdagi eng g‘aroyib hayvonlardan biri bu - kalamushlar! Ularning bir ko‘zi bitta narsani ko‘rayotgan bir paytda, ikkinchisi bemalol boshqa narsaga razm soladi.

Ushbu turdagi panoramik ko‘rish bu kemiruvchilargako‘zlarini gorizontal va vertikal ravishda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlantira olishga imkon beradi. Kalamushlar ranglarni ajrata olmasa-da,ultrabinafsha nurlari va hatto yashil-ko‘k spektrning turli xil soyalarini osongina ajrata oladi. Bu ularga boshqa hayvonlar qoldirgan izlarni ko‘rishga, ultrabinafsha rangni aks ettiruvchi hayvonlar tanalarini ajratishga va qorong‘uda yaxshi ko‘rishga yordam beradi.

Pashshalar

Agar siz chivinga diqqat bilan qarasangiz, uning ko‘zi yuzlab kichik doiralardan iborat ekanligini ko‘rasiz. Aslida, bu doiralar emas, balki qirralardir. Ko‘zlarining tuzilishi tufayli pashshalar dunyoni mozaika yoki naqshdan yig‘ilgan rasm (megapiksel) sifatida ko‘radi. Kalamushlar singari, bu hasharotlar ultrabinafsha nurlarni ilg‘ay olib, dunyoni sekin harakatda idrok etadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.