Sayyohlar bir vaqtning o‘zida uchta mamlakatga tashrif buyurish mumkin bo‘lgan joyni nomlashdi

Mutaxassislarning fikricha, bu shahar 10 daqiqadan kamroq vaqt ichida uchta davlatga borish imkonini beradi.
Shveysariyada sayyohlarga bir kunda uchta davlatga tashrif buyurishga imkon beruvchi shahar bor. Reyn daryosidagi Bazel - port shahri Germaniya, Fransiya va Shveysariya chegaralari tutashgan nuqta, deya yozadi Mirror nashri.
Xususan, sayyohlarga uchta chegara to‘qnash kelgan uchburchakni belgilab beruvchi “Dreiländereck” yodgorligi va har uch davlat fonida suratga tushishingiz mumkin bo‘lgan mashhur tomosha maydonchasini ziyorat qilish tavsiya etiladi.
- Monumental inshoot uch davlat - Fransiya, Shveysariya va Germaniya chegaralarining kesishgan joyini belgilab beradi. Yodgorlik atrofida aylanib, ramziy ma’noda har uch davlat hududiga qadam qo‘yasiz. Bundan tashqari, u daryoning go‘zal manzarasini ham taqdim etadi, - deydi “Tripadvisor” Amerika sayohat sayti sayohatchilaridan biri.
Ushbu hududni o‘rganishning eng oson va eng mashhur usuli - qayiqda sayohat qilishdir. Ta’kidlash joizki, ba’zi dam oluvchilar ushbu yodgorlikni qidirib ketishgan, ammo aniq belgilarni topa olishmagan, shuning uchun agar siz bu joyga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, borishdan oldin aniq xarita va rejangiz borligiga ishonch hosil qiling, — deyiladi maqolada.
“Mirror”ning ta’kidlashicha, Bazel Yevropada bir joyda turib, bir vaqtning o‘zida bir nechta mamlakatlarda bo‘lish mumkin bo‘lgan yagona joy emas. Masalan, sayyohlarni tez-tez o‘ziga tortadigan va ikkita munitsipalitetni bir-biriga bog‘langan kichik Barle shaharchasi Belgiya va Niderlandiya davlatlari o‘rtasida bo‘lingan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.