Hind okeanida g‘alati tuynuk

Bermud uchburchagining turgan-bitgani jumboq. Biroq Hind okeanida shunday chuqur o‘ra aniqlandiki, bu olimlarni undan ko‘proq hayratga solmoqda.

Tasavvur qiling, bepoyon okean o‘rtasida kattagina tanker qulab, g‘arq bo‘lishi mumkin, chuqurligi suv sathidan bir necha yuz metr keladigan o‘ra bo‘lsa-ya.

Yaqinda olimlar bu sirning tagiga yetishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Hind okeani tubida gravitatsiya kamligi tufayli shu joyda o‘ra paydo bo‘lar ekan. Gap shundaki, bu joyda keyingi 140 million yil davomida ro‘y berayotgan tektonik o‘zgarish natijasida Hind okeani tubida materiya yetishmasligi oqibatida ana shunday “Grabitatsion tuynuk” paydo bo‘ladi.

Misr ehromlari necha qirrali?

Gizadagi Buyuk ehromlar necha qirradan iboratligini so‘rasangiz har qanday kishi “Albatta, to‘rt qirrali-da”, deb javob beradi. Biroq qush uchadigan balandlikdan sinchiklab razm solsangiz, piramida to‘rt emas, sakkiz qirrali ekanini ko‘rarkansiz.

Darhaqiqat, aslida buyuk piramidalar salgina egilgan devorga ega ekan, davrlar o‘tishi ta’sirida piramida o‘z ko‘rinishini saqlab qolishi uchun qadimgi muhandislar shunday usul qo‘llashgan.

Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.