Hindiston politsiyasi zararli shovqin-suronga qarshi qiziq usulni taklif qildi

Avtomobillarning beo‘xshov signali aholi gavjum shaharlarda har qanday kishini aqldan ozdiradi. Hindistonda unga qarshi oddiy ishonchli usul topishdi. Transport muammosi har qanday mamlakat megapolisi uchun bosh og‘riq ish. Aholisi soni bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan Hindiston ham bundan xoli emas. Ko‘chalardagi tirbandlikdan jig‘ibiyroni chiqqan haydovchilar o‘z g‘azablarini to‘xtovsiz signal berish bilan bildiradi. Ayniqsa, chorrahalarda, svetofor oldida signallar aqldan ozdirar darajada kuchayadi.
Mumbay politsiyasi zararli shovqin-suronga qarshi qiziq usulni taklif qilishdi. Usul oddiy va arzon. Hammasi xuddi hind kinolaridek. Tajriba tariqasida chorrahalarda svetofor yoniga akustik datchiklar o‘rnatildi. Agar besabr haydovchilarning signali shovqini 85 detsibaldan oshsa, svetoforning qizil chirog‘i yashilga o‘tmaydi. Hadeb signal beraverish vaziyatning yanada chigallashishiga olib kelishini tushungan haydovchi hovuridan tushadi. Shaharning barcha ko‘chalarida, chorrahalarda o‘tkazilgan tajriba bu usul shovqinning sezilarli darajada pasayishiga olib kelishini ko‘rsatdi (“Mir novostey” 2020 yil 10-son).
T.ShOMURODOV tayyorladi.