Hindistonda bir kecha-kunduzda 2 mingdan ortiq odam koronavirus qurboni bo‘ldi

Hindistonda koronavirus infeksiyasi oqibatida so‘nggi kecha-kunduzda ikki mingdan ortiq odam vafot etdi va 10,9 ming nafar yangi kasallanish holati aniqlandi. 17 iyun holatiga mamlakatda kasallanganlar soni 354065 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash va oila osoyishtaligi vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunga qadar mamlakatda 155239 nafar bemor davolanmoqda. 186923 nafar bemor sog‘aygan va 11903 nafar bemor vafot etgan.

Ayni vaqtda Hindiston koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish soni bo‘yicha dunyoda AQSh, Braziliya va Rossiya davlatlaridan keyingi o‘rinni band etib turibdi.