Hokim bemorlarni yo‘qladi

Mustaqillik bayrami arafasida Urgut tumani hokimi Botir Jabborov va boshqa mas’ullar hududdagi ehtiyojmand oilalar, bemorlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olib, ularni bayram bilan tabrikladi.

Tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonalarida davolanayotgan bemorlar hokimning yo‘qlovidan minnatdor bo‘ldi. Shirin so‘zga mahtal bo‘lib turgan bu insonlar rahbarlarning tabriklarini eshitib, go‘yo dardlariga darmon topdi.

– Uzoq yillar maktabda bolalarga dars berdim, – deydi tumandagi 121-umumta’lim maktabi sobiq o‘qituvchisi Sayyora Safarova. – Hozir pensiyadaman. Faoliyatim davomida ta’lim tizimiga bo‘lgan turlicha munosabatlarning guvohi bo‘lganman. O‘qituvchiga past nazar bilan qaraganlarni ham ko‘rdik. Bugun pedagoglarning maqomi yuksalib borayotgani, jamiyatda o‘qituvchiga ehtirom ko‘rsatilayotgani, bugun bayram arafasida tuman rahbarlari kelib holimizdan xabar olgani ham davlatimiz rahbarining e’tibori natijasidir. 

Tuman hokimi Urgutda yagona qolgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bo‘ron Gadoyev xonadonida ham bo‘lib, nuroniy otaxonni bayram bilan tabrikladi.