Hokimlik xodimlariga sertifikatlar topshirildi

Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi viloyat bo‘linmasida viloyat hokimligi xodimlari malaka oshirdi.
Prezidentning “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”dagi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvida 47 nafar xodim ishtirok etdi.
Bugun ularning bir guruhiga sertifikatlar topshirildi.
Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi.