Homilador ayollarga vitamin va dori-darmonlar bepul berilishi kerak
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rsatilgan nomzod Manzura Saydullayeva, xalq deputatlari viloyat Kengashiga nomzod Noila Xo‘janova hamda xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan Zohida Ortiqova bilan uchrashuvda qatnashgan Bulung‘ur tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Hayitgul Musoyevaning ta’kidlashicha:
- “Adolat” partiyasi haqiqatan ayollar va yoshlar partiyasi ekan. Birgina nomzodimizning saylovoldi dasturida xotin-qizlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ayniqsa, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish choralarini kuchaytirish, tug‘ish yoshidagi va homilador ayollarga hamda bolalarga davlat tomonidan bepul beriladigan vitaminlar, yod va foliy kislotasining o‘z vaqtida va to‘liq ajratilishini ta’minlash ustidan parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish kabi tashabbuslari menga ma’qul bo‘ldi.