Hozir: Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ahmedov jurnalistlar savollariga javob bermoqda

Ayni paytda Samarqand viloyat Matbuot uyida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Shodiyor Ahmedov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda boshqarma boshlig‘i dastlab viloyatdagi davlat soliq xizmati organlariga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Jurnalistlar soliq yangiliklari, qo‘shimcha qiymat solig‘i, qabul qilinayotgan Soliq konsepsiyasi asosida tizimga kiritilayotgan yangilik va o‘zgarishlar bo‘yicha savollarga javob olmoqda.

Saytimizni kuzatib boring. Ba haqda batafsil ma’lumot beramiz.