Ibratli hikoya: Rizq
Bir kuni Ali roziyallohu anhu bozorga kirib ketayotsa, eshik tagida yupun, bechora bir odam turgan ekan. Unga yordam bergisi kelibdi.
Sadaqa berib xijolat qilgisi kelmay, "Mana bu jabdug‘ni bozorga kirib chiqqunimcha ushlab tur, chiqib haqingni beraman" debdi.
Haqiga besh tanga berishni niyat qilibdi.
Lekin bozordan chiqsa, o‘sha odam yo‘q. Afsuslanibdi va sherigini bozorga, boshqa jabdug‘ olib kelishga jo‘natibdi.
Bozordan boshqa jabdug‘ olib kelishibdi. 5 tangaga. Ne ko‘z bilan ko‘rsaki, bu o‘sha o‘zi boya, haligi odamga berib ketgan jabduq ekan.
Xullas, 5 tanga o‘sha odamning belgilangan rizqi edi. Faqat u bu rizqni halol yo‘l bilan emas, harom yo‘l bilan topishni ixtiyor etdi.
***
Har doim oldimizda ikki yo‘l turadi: HAROM yoki HALOL!
Har qaysi yo‘lni tanlamang, rizqingiz o‘zgarmaydi. Faqat tanlayotgan yo‘lingiz oxiratingizni o‘zgartiradi, unutmang!