Ibratli voqea: Sotqin dushmandan chiqmaydi
Chingizxon Buxoroni qamal qilgach, har qancha urinmasin, uni kuch bilan ololmadi. Shundan so‘ng u shahar aholisiga: «Kim biz tomonga o‘tsa, omon qoladi» deb maktub yo‘llaydi.
Bu xabardan keyin Buxoro aholisi ikki guruhga bo‘lindi. Bir guruh Chingizxonga bo‘ysunishdan bosh tortgan bo‘lsa, ikkinchisi bunga rozi bo‘ladi. Chingizxon o‘ziga qo‘shilishga rozi bo‘lganlarga shunday xabar yuboradi: «Agar bizga qarshilarni yo‘q qilishga yordam bersangiz, sizlarni o‘z shahringizga bosh qilib tayinlaymiz».
Shundan keyin ikki guruh o‘rtasida qonli jang boshlandi. Oxir-oqibat, Chingizxon tarafdorlari g‘alaba qozonib, darvozalarni dushmanga ochib beradilar. Bosqinchilar shaharga kiriboq, o‘z tarafdorlarini o‘ldirishni boshladilar.
«Ularni yo‘q qiling, ular sotqinlardir. Nafsi uchun vatanini sotganlar bizga ham vafo qilmaydilar...», dedi Chingizxon.
Arab tarixchisi Ibn al-Athir (1160-1234)ning "Mukammal tarix" kitobidan.