Ibratli voqea: Va’daga vafo yodgorligi

Suratda ko‘rib turganingiz, bu surat Eronning Zanjon shahrida do‘kondor Hoji Hasan sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik.

Bir kuni uning do‘koniga kimdir kiradi va velosipedini Hoji Hasanga omonat sifatida qoldirib ketadi. Ammo negadir qaytib kelmaydi.

Hoji Hasan velosipedni har kuni ertalab do‘kon tashqarisiga olib chiqar, egasi kelmagach kechki payt ichkariga olib kirib qo‘yar edi. Bu holat 45 yil davom etadi, Hoji Hasan shuncha payt omonatning egasini kutadi.

Hoji Hasan olamdan o‘tdi, lekin velosiped egasi topilmadi. Uning vafotidan keyin hukumat shahar markazida do‘kondor va velosipedga monument o‘rnatdi. Odamlar uni "Va’daga vafo yodgorligi" deyishadi.