Ichki ishlar organi xodimlari qay holatlarda avtomobilingizdan majburiy foydalanishi mumkin?

• shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish;

• jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish;

• hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga bo‘yicha to‘plash joyiga borish uchun.

Bu holatda, transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.

Bu haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali  xabar bermoqda.