Ichki ishlar organlari xodimini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2023 yil 12 fevral kuni Samarqand shahrida yashovchi fuqaro M.A. Samarqand shahridagi «Istiqlol» restoranida ovqatlanib, spirtli ichimlik ta’sirida restoranda janjal ko‘targan, ishchilarga kuch ishlatishga uringan, shuningdek, o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan D.Shodmonovning sha’ni, qadr-qimmatini kamsitib, uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.