Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirishni istovchilar qayerdagi tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tadi?

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (374-son, 06.05.2019 y.)

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, endilikda IIV litseylariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar hududlardagi sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan tashkil etiladigan tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tadi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha nomzodga tibbiy ma’lumotnoma beriladi, deb xabar bermoqda huquqiy axborot kanali.

 

Ilgari nomzodlar viloyatlar IIB, Toshkent shahar IIBB va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning tibbiyot bo‘limlarida harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tgan.