Idishga qadoqlangan suvda ko‘p miqdorda nanoplastik moddalar aniqlandi

Olimlar uchta mashhur markali idishga qadoqlangan suvning beshta namunasini o‘rganishdi va ulardagi zarrachalar soni litriga 110 000 dan 400 000 gacha, o‘rtacha 240 000 ga yaqin ekanligini aniqladilar.

O‘rtacha litrli shisha suvda chorak millionga yaqin ko‘rinmas mayda nanoplastik zarrachalar mavjud bo‘lib, ular birinchi marta ikkita lazerli mikroskop yordamida topilgan va tasniflangan.

Kolumbiya va Rutgers universitetlari tadqiqotchilari uchta keng tarqalgan shisha suv markasi namunalarida mikroplastmassalarga qaraganda 10-100 baravar ko‘p nanoplastiklar topishgan.

Olimlar ushbu markalarni nomlamaslikni ma’qul ko‘radilar, chunki ular kengroq tadqiqot o‘tkazib, boshqa brend namunalarini o‘rganmoqchi.

"Aytmoqchimanki, ularni (nanoplastik zarralar) ko‘ryapmizmi-yo‘qmi, ular mavjud. Biz ular qancha va qanaqaligini bilishimiz kerak. Men olim sifatida tana uchun qanchalik zararli ekanligini bilish uchun toksikologik tadqiqotlar nuqtai nazaridan ko‘proq ma’lumot olishni xohlayman", deydi tadqiqotning bosh muallifi Naixing Kian "Euronews"ga .

Afsuski, olimlar hali ham "Nanoplastik zarralar salomatlik uchun zararlimi?", degan savolga aniq javob berisholmaydi. Ammo yangi tadqiqot potensial xavfni yaxshiroq tushunishga imkon beradi.