II jahon urushida Temurning taktikasidan qanday foydalanilgan?
1799 yilda Suvorov fransuz armiyasini tor-mor qilishda ham shu taktikadan foydalandi. Napoleon Sen Bernar balandliklaridan o‘tishda Amir Temur taktikasini qo‘llagan. U 1806 yilda Prussiya armiyasi va 1809 yilda Avstriya qo‘shinlari ustidan g‘alaba qilishda buyuk Sohibqironning jang qilish san’atiga tayangan.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida marshal G.Jukov Amir Temurning jangga tayyorlanishdan oldin hududning tabiiy xususiyatini o‘rganish tajribasini qo‘llagan.
Bundan tashqari, rus marshali Amir Temurning quyosh nurining tik tushib, dushman askarlarining ko‘zini qamashtirish va minglab olovlar yoqish taktikasini Ikkinchi jahon urushining hal qiluvchi janglarida ham qo‘llagan.
Lapas ALIBEKOV,
SamDU professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
Maqolaning to‘liq matnini “Zarafshon” gazetasining 46-sonida o‘qing!