IIB boshlig‘i urgutlik yoshlarning muammolarini o‘rgandi

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonov Urgut agrotadbirkorlik kasb-hunar kollejida tuman yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida mehmonlar urgutlik yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Prezidentimiz ilgari surgan besh tashabbus bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar nomoyish etildi.
Tadbirda tuman yoshlari IIB rahbariga kredit olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yer maydoni ajratish, ichki ishlar organlariga ishga joylashish, sport inshootlari, musiqa va san’at maktablarini jihozlash, musiqa asboblari bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi. Yoshlar bildirgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan 10 nafar yosh xodimlar boshqarmaning faxriy yorliqlari, 30 nafar yuqori natijalarga erishgan sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 7 nafar yoshlar esa fuqarolik pasportiga ega bo‘ldi.