Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun maktab darsliklarini berishda imtiyoz bormi?
- 22.08.2021 08:54
- 149
- Ta’lim
AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga darslik to‘plamlarini berish tartibi haqida ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari, Mehribonlik uyi, maxsus maktab, maktab-internat tarbiyalanuvchilari va ijtimoiy yordamga muhtoj oila farzandlari maktabning kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi.
- Bunda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar o‘quvchilari ro‘yxati 1 sentyabrgacha fuqarolar yig‘ini iltimosnomasi va ota-onalar qo‘mitasi xulosasi asosida maktabning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi, — dedi Sevara O‘rinboyeva.
Teglar:
maktab darsliklari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- Kecha, 20:29
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Kecha, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Kecha, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Kecha, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Kecha, 16:30
- Dolzarb