Ijtimoiy ta’minot: qayerda, qanday?

Yer qa’ridan qazib olinayotgan qazilma boyliklar xalqniki. Undan olinadigan daromaddan har bir fuqaro tegishli ulush olishi kerak. Masalan, 1982 yildan buyon Alyaska aholisi har yili investitsiya jamg‘armasidan 700 dan 2000 dollargacha olib turadi. Investitsiya jamg‘armasi esa foydali qazilma boyliklardan olinadigan daromaddan ajratiladi.

* Quvaytda kelajak avlod jamg‘armasi bor. U neft sotishdan tushadigan barcha daromaddan 10 foiz ajratiladi. Chaqaloq tug‘ilishi bilan bankda uning hisobiga 3000 dollar o‘tkaziladi.

* Birlashgan Arab Amirliklarida davlat har bir yangi tug‘ilgan bola nomiga bankda hisob ochadi. Bola 18 yoshga to‘lganida uning hisobida qariyb 100 ming dollar pul to‘planadi.

* Rossiya ham qazilma boyliklar daromadi hisobidan har bir yangi tug‘ilgan bolaga bankda shaxsiy hisob ochib 100 ming rubl o‘tkazmoqda. Ammo hozirda hukumat bu borada yangi takliflarni ishlab chiqyapti.

T.Shomurodov tayyorladi.