Ikki haftaning shanba, yakshanba kunlari avtotransport vositalari, yo‘nalishsiz taksilar harakati to‘liq to‘xtatiladi
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Samarqand viloyati maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga quyidagi maxsus talablar asosidagina ruxsat berilishi belgilandi.
🚕⏰Yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha) tegishli hudud doirasida ruxsat beriladi.
Bunda:
👉 yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi kerak;
👉 haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;
👉faqatgina ikki nafar yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tqazish kerak;
👉avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishi shart.
❌ Shu bilan birgalikda, joriy yil 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, shuningdek, avtotransport vositalarining, (maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno) shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.