Ikki million yil to‘xtovsiz yoqqan yomg‘ir

Ikki million yil uzluksiz yomg‘ir yoqqaniga ishonish qiyin. Ammo yaqinda tog‘ jinslarini o‘rgangan olimlar shunday xulosaga keldi.

Geologlar, avvalo, Sharqiy Alp tog‘ida, keyinchalik butun dunyodagi yuzlab tog‘ jinslarining kremne qatlamlarini o‘rgandilar.

Kashfiyot shuni ko‘rsatdiki, 232 million yil avval Yerda qurg‘oqchilik tugab, uzluksiz yomg‘ir yog‘ish boshlangan. Bu amalda ikki million yil to‘xtovsiz davom etgan. Bu juda ko‘p jonzot turlarini qirilib ketishiga olib kelgan. Ammo qandaydir tarzda dinozavrlarni ko‘payishiga xizmat qilgan.

 Muzlikdagi vabo

Aslida Antarktida muzliklarida hozircha hech qanday vabo yoki boshqa o‘latlar izlari aniqlangani yo‘q. Ammo olimlarning Oq qit’ada o‘tmishda insoniyatga qiron keltirgan epidemiya izlari saqlanib qolganini aniqlashlari haqidagi o‘rganishlari natijasidan ochiq osmonda momoqaldiroq guldiragandek bo‘ldi.

Gap shundaki, o‘tmish pandemiyasi va atmosferadagi karbonat gazi miqdori o‘rtasida ma’lum bog‘liqlik bor ekan. Pandemiya davrida atmosferada uning miqdori keskin kamayadi. Muzdagi havo pufakchalari esa o‘zida kasallik mikroblarini millionlab yillar davomida saqlashga qodir.

T.Shomurodov tayyorladi.