Imkoniyati cheklanganlar uchun imkoniyat

Navro‘z bayramida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar savdosi uchun yarmarka tashkil etildi.
Yarmarkada Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan buyumlar, 40 dan ortiq turdagi mahsulotlar bilan ishtirok etdi.
- I guruh nogironi bo‘lishimga qaramay hamma qatori o‘qiyapman, oliygohda talabaman, - deydi Do‘kchiyon mahallasida yashovchi Umida Mahmudova. – Bo‘sh vaqtlarimda hunarmandchilik bilan shug‘ullanaman, shogirdlarim bilan turli yumshoq o‘yinchoqlar to‘qiymiz. Yarmarkaga mehnatimiz mahsulini sotish uchun chiqdik. Hunar bilan bo‘sh vaqtimiz mazmunli o‘tyapti, ham qo‘shimcha daromad qilyapmiz. Bu galgi yarmarkada mahsulotlarimizni xarid qiluvchilar ko‘p bo‘ldi.
Yarmarka nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun o‘z mahsulotini realizatsiya qilish hamda yerik xaridorlar bilan aloqani o‘rnatishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi axborot xizmati.