Imo-ishoralar. Ular nimalardan "so‘zlaydi"?

Insonlar tomonidan beixtiyor bajariladigan imo-ishora va xatti-harakatlar ularning ayni damdagi ruhiy holatini aks ettirar ekan. Bu ruhshunoslar tomonidan o‘z isbotini topgan.
Suhbatdoshingiz kaftlarini tekkizmasdan barmoq uchlarini bir-biriga tekkizib so‘zlasa bu uning rost so‘zlayotgani va o‘ziga ishonchini bildiradi. Qo‘llar yoki barmoqlarni bir-biriga tez-tez ishqalash esa asabiylikni ko‘rsatadi.
Nigohlar to‘qnashuvidan qochish suhbatdoshingiz sizdan yashiradigan siri borligi yoki so‘zlari yolg‘on ekanligi belgisi ekanini hamma bilsa kerak. Ko‘tarilgan qoshlar esa odatda hayrat va xavotirni, jiddiy suhbat paytida esa e’tirozni ham bildiradi.
Sizni galstugini tuzatib, o‘rindiqda tinmay qimirlab, boshini u yoqdan bu yoqqa tashlab tinglayotgan odamning diqqat va e’tibori sizda emas. U shunchaki zerikayotgan bo‘lishi ham mumkin.
Nigohlar to‘qnashuvidan qochish suhbatdoshingiz sizdan yashiradigan siri yoki so‘zlari yolg‘on ekanligi belgisi ekanini hamma bilsa kerak. Qosh chimirish nimaning belgisi? Bu odatda hayrat va xavotirni, jiddiy suhbat paytida esa e’tirozni ham bildiradi.
Bosh silkish ko‘p hollarda tushunish yoki rozilikni bildirsa-da, noodatiy tez-tez bosh silkish tashvish belgisi. Doimiy bosh silkib turish tinglovchi aytilayotgan gaplarni tushunmayotgani, tushunishga harakat qilayotganining belgisi.
Qarshingizdagi odam qo‘l yoki oyoqlarini "x" harfi ko‘rinishida bir biridan o‘tkazib olishi uning muloqot uchun yopiqligini anglatadi. Bundan tashqari, bu holat himoyani ham bildirib, odam tanqid va yangiliklarni to‘g‘ri qabul qilmasligi va hozir muzokaralar uchun qulay vaqt emasligini anglatadi.
Muzokaralarda birinchi bo‘lib qo‘l uzatish hurmat va e’tibor belgisi sanalar ekan.
Kishining so‘zlash davomida tez-tez yuz sohasiga teginishi, qoshini qashishi, burni yoki qulog‘ini ushlab qo‘yishi uning ruhiy holati sokin emasligini, hayajonlanayotgani yoki aldayotganini anglatar ekan.
Imo-ishoralar "tili" bir butun hissiy qurilma. Uni odamlarda kuzatish uchun to‘liq o‘rganish kerak bo‘ladi. Yo‘qsa, shunchaki shamollab qolgan suhbatdoshingizni yolg‘onchiga chiqarib qo‘yishingiz hech gap emas.