Imom-xatib: Omonatga xiyonat fojiaga olib keladi
Xullas, o‘sha kishining ko‘p o‘tmay ishlari orqaga keta boshlabdi. Uyida yong‘in bo‘lib, o‘g‘li avtohalokatga uchrabdi. Bularning barini o‘sha qilmishidan ko‘rib, tanishiga omonatini qaytarib bermoqchi bo‘lgan ekan, u endi olmasligini aytibdi. Oxiri bizdan maslahat so‘rab kelgan ekan.
O‘sha birodarimizga omonatga xiyonatning naqadar og‘ir gunoh ekanini tushuntirdik. So‘ng omonat egasini chaqirib, murosaga keltirdik.
Darhaqiqat, musulmon kishining eng go‘zal xulqlaridan biri omonat va ahdga vafo qilishdir. Har bir imonli shaxs o‘zgalar bilan biror ishda ahdlashgan bo‘lsa, vafo qilishi va va’dasining ustidan chiqishi shart. Omonatni qaytarish ham shu jumladandir. Bu mo‘minlik belgisi hisoblanadi.
Alloh taolo "Baqara" surasida buyuradi: "...Agar bir-biringizga omonat qo‘ysangiz, omonat qo‘yilgan kishi omonatni qaytarsin va Robbi bo‘lmish Allohdan qo‘rqsin!".
Ushbu oyati karimadan xulosa qilsak, omonatga vafo qilmoq ham Allohdan qo‘rqishning bir ko‘rinishi ekan.
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: "Omonat bergan kishiga omonatini qaytaring. Sizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qilmang" .
Oilamiz, qavmu qarindoshlarimiz, umuman, insonlarga naf keltirib yashashimiz ham zimmamizdagi omonatning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Demak, har birimiz insoniy burchlarimizni ado etib, o‘zgalar haqidan qo‘rqsak, omonatdor insonga aylanamiz.
Tolib YoShUZOQOV,
Jomboy tumanidagi
Avliyo Qoraxon bobo jome
masjidi imom-xatibi.