Imom-xatiblar ilg‘or paxta terimchilarini rag‘batlantirdi

Diyorimizda oltin kuz fasli o‘zining o‘zgacha jilosi bilan boshlandi. Azal-azaldan ushbu davr pishiqchilik, mo‘l hosilni yig‘ish va sarflangan mehnat samarasini ko‘rish mavsumi hisoblanadi. Ushbu mavsumning ilk kunlaridan boshlab oq oltin, ya’ni paxta hosilini terish ishlariga uyushqoqlik bilan kirishildi.

Dono xalqimizda “Hashar – elga yarashar” deyilgan. Shunga binoan har birimiz dalalardagi hosilni uvol qilmasdan yig‘ish ishlarida o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shishimiz zarur. Zero Alloh subhanahu va taolo Qur’oni karimning “Moida” surasi, 2-oyatida: “Yaxshilik va taqvo yo‘lida bir-birlaringizga yordam beringiz!” deb marhamat qilgan.

Shunday ekan, bugun viloyatimizda faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar ham milliy boyligimizni samarali yig‘ib olishda o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Joylardagi paxta hosilini yig‘ishtirib olishda jonkuyarlik ko‘rsatayotgan fuqarolarni qimmatbaho sovg‘a-salomlar, kiyim-kechaklar bilan rag‘bantirmoqda.