Imom-xatiblar tarixiy obidalar va muzeylarni tomosha qildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazining viloyat mintaqaviy filiali Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlaridan kelgan tinglovchilarining Samarqand shahri obidalari, muzeylariga sayohati uyushtirildi.
Tinglovchi imom-xatiblar “Konigil” qog‘oz ishlab chiqarish oilaviy korxonasida ham bo‘lib, dunyoga mashhur Samarqand qog‘ozining tayyorlanish jarayonlari bilan tanishdi.
“Imomi A’zam” jome’ masjidi, O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi, SamDUning zoologiya muzeyiga amalga oshirilgan sayohat imom-xatiblarda katta taassurot qoldirdi.
Yahyo ELTOYeV.