Indoneziya politsiyasidagi hujumda sakkiz kishi halok bo‘ldi
"Indoneziyada pichoq bilan qurollangan erkak politsiya bo‘limiga hujum qildi. Shundan keyin u yerda ikkita portlash sodir bo‘ldi, oqibatda sakkiz kishi, shuningdek, hujumchi halok bo‘ldi", deydi mintaqa politsiyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Tompo.
Kompas telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, bugun ertalab Bandung shahridagi politsiya bo‘limi binosiga qo‘lida pichoq bilan erkak kirib kelgan. Shundan so‘ng, erkak portlovchi moslamani ishga tushirgan. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujum sodir etganlikda gumon qilingan shaxs halok bo‘lgan.
Kompas telekanali Tompoga tayanib xabar berishicha, bir necha politsiyachi ham yaralangan.