Indoneziyada “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusida taqdimotlar o‘tkazildi
Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri va Samarqand viloyati delegatsiyasi vakillarining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda turizm sohasida hamkorlik qilish, Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etish, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Maxdumi A’zam, Xoja Ahror Valiy, Abdi Darun va Abdi Berun ziyoratgohlarga indoneziyaliklar uchun maxsus ziyorat turlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusida viloyatning turizm salohiyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Tashrif doirasida, Indoneziyaning Jakarta shahrida “NET TV” telekanali vakillari bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi va “Muslim Traveles” ko‘rsatuvining 2 ta sonini Ramazon oyida efirga uzatish yuzasidan kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, ziyorat turizmi sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish maqsadida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi delegatsiyaning Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga tashrifi davom etmoqda.