Qadimiy shahar va g‘oyib bo‘lgan odamlar

Qachonlardir hozirgi AQSh hududida katta qadimiy shahar mavjud bo‘lganini kamdan-kam odam biladi. Kaxokiya deb atalgan bu shahar Missisipi daryosi qirg‘og‘ida, hozirgi Sent-Luis shahri ro‘parasida joylashgan.

Manzilgoh paxsa devordan barpo etilgan. Ayrim qismlari hozirgacha saqlanib qolgan. Sobiq shahar markazida balandligi 28 metr bo‘lgan, to‘rt qavatli, uzunligi 200 metr qo‘rg‘on qad ko‘tarib turgan. Aftidan, u balandligi 15 metr bo‘lgan ibodatxonaning asosi bo‘lgan. Kakoxiya ibodatxonasi oldida 19 gektardan iborat ulkan maydon bozor sifatida foydalanilgan. Bundan tashqari, shaharda yashagan hindular qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan. Ekinlarni sug‘orish uchun Missisipi daryosi irmoqlari suvidan foydalanganini bildiruvchi izlar saqlanib qolgan.

Shaharda 40 mingdan ziyod aholi istiqomat qilgan, ammo ular qayergadir sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan.
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.