Indoneziyadan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tashkil etilishi mumkin

Bu bo‘yicha Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi delegatsiyaning Indoneziyaga safari davomida kelishuvga erishilgan.

Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri Sandiaga Salahuddin Uno bilan uchrashuv chog‘ida turizm sohasida, jumladan, Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etish bilan birga indoneziyalik ziyoratchilar uchun maxsus ziyorat turlarini tashkil etishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olingan.

Shuningdek, 2024 yil O‘zbekistonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan kreativ iqtisodiyot va turizm xalqaro konferensiyasida mazkur mamlakat delegatsiyasi ishtirok etishi ham ma’lum qilingan.
Tomonlar, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Mahdumi A’zam, Xoja Ahror Valiy, Abdi Dorun va Abdi Berun ziyoratgohlariga indoneziyalik sayyohlar uchun maxsus ziyorat turlarini tashkil etish istiqbollarini muhokama qilgan.