Indoneziyalik baliqchi 26 yildan buyon timsoh bilan do‘stlashib keladi

Kalimantanlik 59 yoshli baliqchi Ambo Indoneziyada mashhur odamga aylandi. Uning juda g‘ayrioddiy do‘sti Rizka ismli ulkan dengiz timsohi bor. To‘rt metrli sudralib yuruvchi va Ambo 26 yil oldin uchrashgan va o‘shandan beri doimiy aloqada bo‘lib keladi.

Kunlarning birida Ambo qayig‘i yonidan o‘tib ketayotgan uzunligi bir metrga yaqin bo‘lganRizkani ko‘rib qolgan. Avvaliga u timsohga unchalik etibor bermadi, keyin asta-sekin uyigacha kuzatib, orqasidan ergashayotganini payqab, unga ovqat berishga qaror qildi.

- Men uni chaqirdim va u yaqinroq suzib keldi, o‘shandan beri u shunday qiladi, - deydi baliqchi. - Bu 26 yil davom etayotgan ajoyib do‘stligimizning boshlanishi edi, kim biladi bu yana qancha davom etar ekan... Agar ikki-uch kun uni ko‘rmasam, izlashga tushaman. Men unga o‘z farzandimdek munosabat qilaman.

Yillar o‘tib, ular juda yaqin do‘st bo‘lib qolishdi. Rizka har doim Amboning qayig‘i yoni bo‘ylabsuzadi va uni silab qo‘ymagunicha ketmaydi. Bundan tashqari, u och qolganda “egasi” uyi yaqinidagi qirg‘oqda suzib yuradi, Ambo esa Rizkani har xil yeguliklar bilan siylaydi.

- Men odatda Rizkaga uchta jo‘ja beraman. Ovqatlanishi bilanoq u suzib ketadi. Qishloqdan uzoqroqqa ketgudek bo‘lsam, qo‘shnilarimdan men yo‘q paytimda Rizkaga ovqat berib turishlarini iltimos qilaman.
Ambo ikki yil shahar markazi Samarindaga ishlash uchun ketganida mahalliy baliqchilardan Rizkaga g‘amxo‘rlik qilishni so‘ragan edi va timsohni yaqin atrofda ko‘rgan baliqchilar unga oz-ozdan baliq tashlab turishdi. O‘shandan beri Rizka mahalliy hamjamiyatning bir qismiga aylandi va u yerdagi odamlar uni tumor sifatida ko‘rishadi.

Ambo Rizkani yaxshi ko‘rishini takidlasa-da, baribir to‘rt metrli reptiliyaga juda yaqin kelishdan qo‘rqib turishini tan oladi.

- Albatta, qo‘rquv bor, - deydi Ambo. - Lekin ota-bobolarimiz har doim bizlarni u timsoh yokiboshqa hayvon bo‘lmasin, ularga go‘yoki oila a’zosibo‘lgandek muloqot qilishimiz mumkinligiga ishontirib kelishgan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.