Infografika: 2025 yilda dunyo bo‘yicha kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi

BMTning “Dunyo aholisi istiqbollari” hisobotiga ko‘ra, Monako o‘rtacha umr ko‘rish bo‘yicha dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichga ega mamlakat deb tan olingan. Mamlakatda 2025 yilda tug‘ilgan bola 87 yoshga yetishi mumkin.
O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi o‘lim soni (miqdori) jadvalini tuzish orqali hisoblab chiqiladi. Bunday jadval aholining yoshga oid o‘lim darajasi va o‘sishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Quyida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha yetakchi mamlakat va hududlar keltirilgan:
San-Marino (86 yosh);
Gonkong, Yaponiya, Janubiy Koreya va Sen-Bartelemi (85 yosh);
Andorra, Fransiya Polineziyasi, Shveysariya va Avstraliya (84 yosh).
Mintaqaviy jihatdan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida aholining eng yuqori umr ko‘rishi kutilishi kuzatilmoqda. Sharqiy Yevropada u biroz pastroq. Masalan, Rossiyada 2025 yilda tug‘ilgan bola 74 yilgacha yashashi mumkin.
Bir qator Afrika mamlakatlarida kutiladigan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 60 yildan kam, Nigeriyada eng past umr ko‘rish prognozi - 55 yosh.